{k}ShifrLabAxborotlarni himoyalash usullari
0/0

Elektron raqamli imzo

Qog'ozdagi imzo shaxsni hujjatga bog'laydi. Elektron raqamli imzo (ERI) esa hujjatni yopiq kalitga bog'laydi va ikkita narsani kafolatlaydi: hujjat imzolangandan keyin o'zgartirilmagan va uni aynan shu kalit egasi imzolagan.

✏️ Sodda tilda

Qo'lda qo'yilgan imzoni qalbakilashtirish mumkin, uni boshqa qog'ozga ham «ko'chirish» mumkin. Raqamli imzo esa har bir hujjat uchun har xil: hujjatda bitta vergul o'zgarsa, imzo yaroqsiz bo'lib qoladi. Imzoni faqat yopiq kalit egasi qo'ya oladi, tekshirishni esa ochiq kalit bilan hamma qila oladi.

Qanday ishlaydi?

HujjatM
→
XeshH(M)
→yopiq kalit
Imzo(r, s)
→
M + (r, s)yuboriladi
→ochiq kalit
Tekshirish✓ / ✗

ERI xususiyatlari (kitob bo'yicha):

  1. Axborotni shifrlamaydi — u ochiq holatda qoladi.
  2. Imzoni tekshirish imkoniyati kafolatlanadi.
  3. Imzo sifatida sonlar juftligi keltiriladi.

An'anaviy imzo

  • Shaxs bilan bog'liq
  • Barcha hujjatlarda bir xil
  • Ko'chirish, qalbakilashtirish mumkin
  • Ekspertiza talab qiladi

Elektron raqamli imzo

  • Hujjat va yopiq kalit bilan bog'liq
  • Har bir hujjat uchun takrorlanmas
  • Boshqa hujjatga ko'chirib bo'lmaydi
  • Matematik tekshiriladi, sudda dalil sifatida qabul qilinadi
⚠ Yopiq kalit — sizning muhringiz

Kitobda ogohlantirilganidek: ERI saqlangan disketangizni (bugun — fleshka yoki .pfx faylni) kimdir topib olsa, u sizning nomingizdan imzo qo'yishi mumkin. Shuning uchun kalit parol bilan himoyalanadi va tokenlarda saqlanadi.

Nega kerak bo'ldi?

Elektron tijorat, birja savdosi va internet-banking rivojlanishi bilan qog'ozli talabnomalar o'rniga elektron hujjatlar keldi. Ularni qo'lda tekshirish imkonsiz — elektron talabnomalar minglab marta tezroq qayta ishlanadi. Har bir hujjatning aslligi va muallifligini ishonchli tekshirish kerak, shunday ishonchliki, nizo bo'lganda sudya ham natijani qabul qilsin.

O'zbekistonda ERI

2003 yil 11 dekabr

«Elektron raqamli imzo to'g'risida»gi qonun (562-II)

ERI dan foydalanish munosabatlarini tartibga soladi. 2022 yilda yangi tahrirdagi «Elektron raqamli imzo to'g'risida»gi qonun qabul qilingan.

2004 yil 29 aprel

«Elektron hujjat aylanishi to'g'risida»gi qonun (611-II)

va «Elektron tijorat to'g'risida»gi qonun (613-II).

2005 yil 8 iyul

Vakolatli organ

O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ERI sohasidagi maxsus vakolatli organ etib belgilandi.

2006 yil 15 mart

Kalitlarni ro'yxatga olish markazi

Internet-banking, himoyalangan hujjat aylanishi va elektron tijorat uchun ochiq kalitli infratuzilma asosidagi ERI markazi ochildi; milliy standartlarga asoslangan himoyalangan E-XAT pochta tizimi ishlab chiqildi.

2009

O'z DSt 1092:2009

Raqamli imzo shakllantirish va tekshirish jarayonlari bo'yicha milliy standart tasdiqlandi.

Standart algoritmlar